10:10 / 06.06.2024
120

Timur Kapadze: "Maliga qarshi o‘yinlar Olimpiada ishtirokchilarining qanday darajada ekanini chamalab olishga yordam beradi"

Timur Kapadze: "Maliga qarshi o‘yinlar Olimpiada ishtirokchilarining qanday darajada ekanini chamalab olishga yordam beradi"
O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Maliga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yiniga bo‘layotgan tayyorgarlik, Olimpiya o‘yinlari va boshqa mavuzlar haqida gapirdi.

– Tayyorgarlik haqida gapirsangiz?
– Tayyorgarlikni boshladik. Ikki kundan beri yig‘indamiz. O‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Hamma sog‘-salomat. Hamma har xil formada yetib keldi. Ikki kun davomida yig‘inga kelgan o‘yinchilarni jismoniy holatini to‘g‘irlashga kirishganmiz. Biz uchun bu o‘yinlar tajriba beradi. Mali Afrika jamoasi, ularning darajasini ko‘rib olamiz. Mali Olimpiada ishtirokchisi, bu o‘yin bizga Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilarini qanday darajada ekanini chamalab olishga yordam beradi.

– Milliy terma jamoa bilan bir vaqtda yig‘in o‘tkazilyapti. Jamoani yana to‘liq yig‘a olmadingiz. Shu haqida gapirsangiz...
– Boshqa ilojimiz yo‘q. Terma jamoa har doim ustun. Ularda asosiy o‘yinlar bor. O‘ylaymanki, Olimpiadaga qadar to‘liq tarkibda yig‘in o‘tkazamiz.

– OTJ uchun olinayotgan rolikda Eldor Shomurodov ishtirok etdi. Bu Eldorni Olimpiadada ko‘rishimizni anglatadimi?
– Nafaqat Eldor, boshqa legionerlar ham uzaytirilgan ro‘yxatda bor. Hali vaqt bor, oldinda Superliga o‘yinlari bor. To‘g‘ri, Eldor ta’tilda bo‘ladi, lekin baribir hali bir nima deb bo‘lmaydi. 18 talik ro‘yxat tuzishimiz kerak. Raqobat bo‘ladi, eng munosiblarni tarkibga jalb qilamiz.

– Olimpiadadagi raqiblar haqida gapirsangiz?
– Olimpiadada birinchi marta ishtirok etamiz. Biz uchun ham qiziq. Raqib ham Ispaniya. Hayajon bo‘ladi. Bu turnirning yaxshi tomonlari ko‘p. O‘ylaymanki, turnirga yaxshi tayorgarlik ko‘ramiz.

– Olimpiya o‘yinlaridan nimalar kutyapsiz?
– Oldimizga yuqori maqsad qo‘yamiz. Shunga yarasha harakat qilamiz. Oson bo‘lmasligi aniq. Biz uchun birinchi navbatda tajriba bo‘ladi. Har bir o‘yinga munosib tayyorlanamiz. Ispaniya, Misr, Dominikan ham kuchli jamoalar. Oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Hech bir raqibdan qo‘rqmaymiz. Maydonda hal bo‘ladi.

– Olimpiada oldidan Fransiyada yig‘in o‘tkazasizlar. U yerda Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini haqida xabarlar chiqqandi. Yana bir raqib bo‘yicha yangilik bormi?
– Bor. Hozir aniq ayta olmayman. Bu masala bo‘yicha ish olib borilmoqda. O‘FA buni tez orada e’lon qilishi kutilyapti. Hozir men aniq bir narsa deya olmayman. 15 iyul kuniga raqib qidirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Maliga qarshi o‘yinlar Olimpiada ishtirokchilarining qanday darajada ekanini chamalab olishga yordam beradi"