
Bugun JCH-2026 saralash bosqichi O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro to‘qnash keladi. Mazkur uchrashuvdan oldin Turkmaniston terma jamoasi yetakchisi Elman Tagayev fikrlarini bildirdi.
"O‘zbekiston jiddiy va kuchli raqib hisoblanadi. Biz maydonga chiqamiz va kurashamiz, tamom. Ikki jamoaga ham oson bo‘lmasligi aniq. Turkmanistonga esa ochko kerak. Uchinchi o‘ringa imkoniyatimiz saqlanib qolingan. Ha, O‘zbekiston o‘yin favoriti. Ammo jamoamiz kurash taqdim qiladi. Birinchi uchrashuvda juda yaxshi qarshilik ko‘rsatgandik. Qayerdadir xato ketdi va raqib bundan foydalandi. Bugun bolalarcha xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz talab etiladi. Umuman olganda o‘yinga tayyormiz.
Antaliyada yaxshi tayyorgarlik olib bordik. To‘g‘ri, kuchli raqiblar yo‘q edi. Bu narsa bo‘lajak o‘yinga ta’sir qilmaydi deb o‘ylayman. Bizda motivatsiya yetarlicha. O‘zbekistonga qaraganda ko‘proq hozirlik ko‘rdik", - deydi Elman Tagayev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar