Paralimpiya o‘yinlari. O‘tkirjon Nig‘matov O‘zbekiston delegasiyasiga yana bir oltin medal keltirdi


Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya delegasiyasi hisobiga dzyudochilar jamoasi navbatdagi medalni taqdim etdi.
Erkaklar o‘rtasida 66 kg. vazn toifasida ishtirok etgan O‘tkirjon Nig‘matov paralimpiya o‘yinlarida chempion bo‘ldi.
Uz chorak finalda kubalik dzyudochini "vazari" bahosi bilan mag‘lub etdi. Yarim finalda esa ukrainalik David Xoravaga qarshi bahs muddatidan oldin qayd etilgan g‘alaba bilan yakunlandi.
Nig‘matov hal qiluvchi bahsda ozarboyjonlik Bayram Mustafoyevni ippon bilan mag‘lubiyatga uchratdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…