UFC'ning eng yaxshi jangchilaridan biri, qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni angliyalik Leon Edvards va falastinlik Belal Muhammad o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi oktagonga ko‘tarilish istagini bildirdi.
“Jek jarohat olgan, Usmon va Kolbi men bilan jang qilishni xohlamaydi. Leon Edvards va Belal Muhammad o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan uchrashishga tayyorman”, — deb yozdi Shavkat o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Las-Vegasdagi UFC 296 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Shavkat Rahmonov yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni unvoniga sobiq davogar Stiven Tompson bilan to‘qnash kelgan edi. Jang ikkin raund davom etdi va unda qozog‘istonlik jangchi muddatidan avval g‘alaba qozondi. Shavkat Rahmonovning faoliyatida hozircha birorta ham mag‘lubiyat qayd etilmagan. U 18 ta g‘alabaga erishgan va ularning barchasi muddatidan avval qo‘lga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»