Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 10 iyun, dushanba kuni Maliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa Mali hisobni ochdi. Diarra Tiamoko o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 58-daqiqada Husayn Norchayev hisobni tenglashtirdi. O‘yin oxirida esa Mali futbolchilari penalti ishlab oldi. 89-daqiqada Uilson Lassa penaltini aniq amalga oshirdi.
Qayd etib o‘tish joiz, o‘sha daqiqalarda Jasur Jaloliddinov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida Malining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Terma jamoalar 7 iyunda ham o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgandi. Ushbu o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.
O‘zbekiston U-23 — Mali U-23 1:2
Gollar: Husayn Norchayev 58 - Diarra Tiamoko 48, Vilson Lassa 89 (pen.)
O‘zbekiston OTJ: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 10.Jasurbek Jaloliddinov (s), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 15.Umarali Rahmonaliyev, 16.Asadbek Rahimjonov, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev, 22.Alisher Odilov, 23.Abdurauf Bo‘riyev.
Zaxira: 21.Hamidullo Abdunabiyev, 1.Otabek Boymurodov, 3.Zafarmurod Abdiraxmatov, 4.Odilbek Abdumajidov, 7.Behruz Asqarov, 8.Ibrohim Ibragimov, 9.Ulug‘bek Hoshimov, 13.Ahmadullo Muqumjonov, 14.Farhod Sohibjonov, 17.Murod Rahmatov, 20.Ruslan Jiyanov, 24.Sherzod Esanov, 26.Islombek Mamatkazin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»