Foto:“Paxtakor” fk
O‘zbekiston terma jamoasi hamda “SSKA” klubining hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev sobiq klubi “Paxtakor”da qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda futbolchining o‘zi “Pulnews” YouTube kanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“17 yoshimda “Paxtakor”ning asosiy jamoasi o‘yinlarida debyut qildim. Jamoadagi oylik maoshim 12 million 500 ming so‘mni tashkil qilgan”, — deydi Abbosbek Fayzullayev.
Moskvada to‘p surayotgan Fayzullayev klubdagi maoshi haqida gapirmaslikni lozim topgan.
“Shartnomamga ko‘ra oylik maoshim haqida ma’lum qilolmayman. Moskvadagi xarajatlarim oyiga 4-5 ming dollarga yetadi. Maoshimdan qolgan qismini oilamdagilarga beraman”, — deydi 20 yoshli o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev.
Abbosbek hozirda O‘rta Osiyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Transfermarkt portali Abbosbekni 6 million yevroga baholagan.
Abbosbek Fayzulayev 2023 yil “SSKA” safiga 500 ming yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbolchi Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»