
Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) birinchi yarim yengil vazn toifasi chempioni, yaponiyalik Naoya Inouega Murodjon Ahmadaliyevdan majburiy himoya jangi o‘tkazishga buyruq berdi.
Tashkilot tomonidan muzokara uchun 30 kun muhlat berildi, muddat 14 iyul kuni tugaydi.
Inoue 2023 yilning 26 dekabrida chempionlikni qo‘lga kiritgan va uning majburiy himoyasi shu yilning 25 sentyabridan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. WBA yo‘nalishidagi majburiy da’vogar esa aynan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev bo‘lib turibdi.
Agar belgilangan muddatda kelishuvga erishilmasa, promouterlar o‘rtasida ochiq kim oshdi savdosi o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar