
Sobiq jahon chempioni, hozirda murabbiy Vyacheslav Senchenko Aleksandr Gvozdik (20-1, 16 KO) va Devid Benavides (28-0, 24 KO) o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Garchi Gvozdikni qo‘llab-quvvatlasam ham, Benavidesning ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonishiga ishonaman. Men Benavidesni birinchi marta trenajyor zalida Freddi Rouch bilan birga ko‘rganman, u o‘shanda bu yigit iqtidorli va jahon chempioni bo‘lishini aytgan edi. Benavides AQSH vakili bo‘lsa-da, meksikacha uslubga ega, blok orqali ko‘p ishlaydi, ketma-ket va kuchli zarbalar beradi. Bu bahs raqobatbardosh bo‘lishi aniq”, — dedi Senchenko.
Eslatib o‘tamiz, Gvozdik va Benavides jangi 16 iyunga o‘tar kechasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar