Bir necha daqiqalar avval Puerto-Rikoning Manati shahrida professional boks kechasi tashkil etildi. Unda mezbonlar vakili, super yengil vazn (63,5 kg) vazn toifasida IBF chempioni Sabriel Matias avstraliyalik Liam Paroga qarshi himoya jangini o‘tkazdi.
Jang qiziqarli va shiddatli kechdi. To‘liq 12-raund davom etgan jangda kichik sensatsiya ro‘y berdi. Chunki, favorit sanalgan va o‘z uyida ringga ko‘tarilgan Matias hakamlarning qaroriga ko‘ra, 116-111, 115-112, 115-112 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini ham qabul qilib oldi.
Matias shu kunga qadar 20 ta jang o‘tkazib barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Paro esa faoliyatidagi 24-g‘alabasini qayd etdi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritish barobarida mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirdi.
Ma’lumot uchun, Sabriel Matias avvalgi jangini hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga qarshi o‘tkazgandi va muddatidan avval g‘alaba qozongandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»