118
Samvel Babayan: "Bugun g‘alabaga loyiq edik. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq ikkita gol urishimiz kerak edi"
Superliga 11-tur doirasidagi "Paxtakor" — "Navbahor" (0:0) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
- Barcha musulmonlarni Qurbon Xayit bayrami bilan tabriklayman. Bayram kuni "Navbahor" muxlislarini yanada xursand qilmoqchi edik, ammo unday bo‘lmadi. Bugungi uchrashuvdagi birinchi bo‘lim juda chiroyli bo‘ldi. "Paxtakor"ni kuchsiz deb aytayotganlar xato qilishyapti. Jamoa tartibli. Yaqqol golli vaziyatlarimizdan foydalanmadik. Yaxshi o‘ynadik va barcha jihatlarda ustunlik qildik. Tanaffusdan keyin o‘yin tenglashdi. Pressingda kuchsizlanib qoldik. Shu sababli, ayrim bir vaziyatlarda raqibimiz tezkor hujumga o‘tdi. Bugun g‘alabaga loyiq edik. O‘z vaziyatlarimizni golga aylantirishni boshlaymiz va gollar uramiz. Birinchi bo‘limning o‘zidayeq ikkita gol urishimiz kerak edi.
- Jamoangiz ikki xil taym o‘tkazdi. Bunga sabab nima? Terma jamoaga bilan birga bo‘lgan futbolchilar charchab qolishmadi, ammo boshqa futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi.
- Havo bugun issiq edi. Bu inson organimizning tabiiy reaksiyasi. Terma jamoa yig‘ini sababli biz to‘liq tarkib bilan o‘ynay olmadik.
- "Navbahor" jamoasi XG bo‘yicha eng zo‘r jamoa, ammo gollar soni juda kam. Bunga sabab nima?
- To‘p darvozaga kirmayotganining ikkita yechim bor. Dastlabki yechim bu mashg‘ulotlarda ko‘proq mehnat qilish. Biz bu vazifani yaxshi bajarmoqdamiz. Muhim uchrashuvlarda o‘z mahorati evaziga farqni keltiradigan futbolchilar bor. Bizga bunday futbolchilar yetishmayapti. Katta ustunlikga egamiz, ammo buni hisobda isbotlashimiz kerak. Duranglarni g‘alabaga aylantira oladigan futbolchilar kerak. Durang qayd etgan uchrashuvlarda biz vaqt cho‘zmayapmiz. Biz faqat hujum qilyapmiz. Hujumkor futbol bizning uslubimiz. Terma jamoaga besh nafar futbolchi yo‘l oldi. Shu sababli to‘liq takribda deyarli mashg‘ulot o‘tkaza olmadik. Men uchun terma jamoaga futbolchi jo‘natish sharaf. Terma jamoada ham kimdir o‘ynadi, kimdir yo‘q. Masalan Iskandarov 18 kun ichida bor yo‘g‘i 20 daqiqa o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Zaxiramiz kuchli emas. Shu sababli, bugun 18 yoshlik Shodiboyevni maydonga tushirdik. U bugun ajoyib o‘yin o‘tkazdi.
- "Navbahor" jamoasi joriy mavsum juda ko‘p durang o‘ynamoqda. Bunga sabab nima?
- Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istardik. Durang qayd etgan uchrashuvlarimizda biz g‘alabaga haqli edik. Lekin omadimiz kelmadi.
- Jamoangiz safida ko‘pgina futbolchilar terma jamoaga chaqirilgani sizga qanchalik muammo tug‘dirdi?
- Men hech qachon terma jamoaga chaqirilayotgan futbolchilarni tanqid qilmayman. Sababi men o‘zim barchasidan o‘tganman. Terma jamoaga yo‘l olgan futbolchilarimizning barchasi ham to‘liq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Hamrobekov ikkita to‘liq o‘yin o‘ynagan bo‘lsa, Sayfiyev bitta o‘yinda ishtirok etdi. Iskanderov esa bor yo‘g‘i 20 daqiqa o‘ynadi. Ushbu jihat bizga biroz muammo tug‘dirdi.
- Birinchi davra yakunlanishiga bor yo‘g‘i uchta o‘yin qoldi. Dastlab "Qizilqum", keyin esa "Andijon" va "Nasaf"ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Keyingi uchrashuvlar haqida gapirib o‘tsangiz?
- Ob-havo issiqligi ham bizga ta’sir o‘tkazmoqda. Havo issiqligi sabab tezkor futbol namoyish etish qiyin. Biz hujumkor futbol o‘ynashda davom etamiz. Qarshi hujumlarga tayanib o‘ynash biz uchun emas. O‘yinimiz muxlislarga yoqishi uchun harakat qilamiz. Mavsumni yaxshi boshlay olmadik. Keyin vaziyatni to‘g‘irladik va davrani chiroyli yakunlashimiz kerak.
- O‘tgan mavsumlarda juda yorqin o‘yinlar namoyish etgan Siavash Haqnazariy jamoangizga qo‘shilib keta olmayotgandek. Siavash juda katta potensialga ega, ammo u "Navbahor"da o‘zini topa olmayotgandek?
- Barcha futbolchilar "Navbahor"ga qo‘shilib keta olishmaydi. "Navbahor" safida to‘p tepish bu katta bosim. "Navbahor" o‘z oldiga juda katta maqsadlar qo‘yadigan jamoa. Siavash mavsum boshida bir nechta uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Keyin esa ikkita jarohat oldi. "Ho‘jand"ga qarshi o‘tkazgan nazorat o‘yinlarida Haqnazariy ovqatdan zaharlandi va uchrashuvda ishtirok etmadi. Sog‘lig‘i bilan bo‘layotgan muammolar sababli, u jamoaga qo‘shilib keta olmayapti. Jarohatidan bir oy tiklandi. Haqnazariy qanday darajadagi futbolchi ekanligini bilamiz. Lekin u jamoaga kirishib keta olmayapti. Boshqa faktorlar ham ta’sir o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»