11:59 / 17.06.2024
139

Murodjon Ahmadaliyev: “Inouening oldingi raqiblaridan kuchli va aqlliman”

Murodjon Ahmadaliyev: “Inouening oldingi raqiblaridan kuchli va aqlliman”
Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (27-0, 24 KO) kamarini majburiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyevdan (12-1, 9 KO) himoya qilishga buyruq berdi.

O‘zbekiston vakili Inouega qarshi jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

In Sha Alloh, bu ajoyib jang bo‘ladi. Inoue juda kuchli, lekin men uning oldingi raqiblaridan aqlli va kuchliroqman. Kel, jang qilaylik, chempion”, — deya Inouega murojaat qilgan Ahmadaliyev.

WBA tomonlarga rasmiy maktub yuborib, har ikki jamoaga jang haqida xabar berdi. Muzokaralar olib borish uchun 14 iyulgacha muddat belgilandi. Tomonlar bu muddat ichida kelisha olmasa, kimoshdi savdolari o‘tkaziladi.

Inoue mutlaq chempionga aylanganidan so‘ng ilk bor may oyida Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tarilib, kamarlarini himoya qilgan edi. Jang 6-raundda yaponiyalik bokschining nokaut evaziga g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Ahmadaliyev esa 2023 yilning dekabr oyida Kevin Gonsalesga qarshi jang qilgandi. Qarama-qarshilikning 8-raundida o‘zbekistonlik bokchi raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev: “Inouening oldingi raqiblaridan kuchli va aqlliman”