20:35 / 17.06.2024
131

Yevro—2024. Ruminiya Ukraina ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Yevro—2024. Ruminiya Ukraina ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining E guruhining 1-turida Ruminiya Ukraina bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Stanchu hisobni ochdi. Bo‘lim Ruminiyaning kichik hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning boshida ham Ruminiya gol urdi. Bu safar gol Razvan Marin hisobiga yozildi. 57-daqiqada Dregush hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Ruminiya yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Belgiya Slovakiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.

Yevro—2024
1-tur

17 iyun, dushanba

Ruminiya – Ukraina 3:0
Gollar
: 1:0 – 29 Stanchu, 2:0 – 53 Marin, 3:0 – 57 Dregush.
Ruminiya: Nise, Rasiu, Burke, Dregushin, Banku, Stanchu (Rakovitan, 87), Marin, Marin (Rus, 75), Man (Xadji, 62), Dregush (Pushkash, 75), Koman (Mixeile, 62).
Ukraina: Lunin, Konoplya (Timchik, 72), Matvienko, Zabarniy, Zinchenko, Malinovskiy, Stepanenko (Brajko, 62), Shaparenko (Yaremchuk, 63), Mudrik, Sudakov, Sigankov (Yarmolenko, 63), Dovbik.
Ogohlantirishlar: Konoplya (67), Marin (79).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Ruminiya Ukraina ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi