109
Superliga. “OKMK” “Olimpik”ni yengdi, “Dinamo” esa “Lokomotiv”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 17 iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Dinamo” safarda “Lokomotiv” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Samarqandliklar tarkibida Ulug‘bek Abdullayev va Anvar Hojimirzayev o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Turning yana bir o‘yini “Olimpik” hamda “OKMK” o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 82-daqiqasida olmaliqliklar futbolchisi Xurshid G‘iyosov penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa Superligada 11-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Tur yakuniga ko‘ra turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:
Foto: PFL
Superliga
11-tur
17 iyun, dushanba
“Lokomotiv” – “Dinamo” 0:2
Gollar: Ulug‘bek Abdullayev, 15 (0:1), Anvar Hojimirzayev, 37 (0:2).
“Lokomotiv”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 4. Ivan Rogach, 8. Damyan Krayishnik (26. Abdulloh Yo‘ldoshev, 46), 10. Ivan Bulatovich (7. Sardor Abdunabiyev, 62), 14. Dilshodjon Komilov, 15. Jasur Hakimov, 17. Sanjar Tursunov, 27. Sobit Sindarov (22. Muhammadanas Hasanov, 78), 55. Anzur Ismoilov, 70. Abubakrrizo Turdialiyev, 77. Lazizbek Mirzayev.
“Dinamo”: 13. Ravshanbek Yagudin, 3. Ulug‘bek Abdullayev, 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Fransis Narx (77. Vohid Oqbo‘tayev, 80) (11. Damir Temirov, 90+2), 10. Joel Kojo, 17. Salim Mustafoyev, 20. Jurani Fransisko Ferreyra, 21. Anvarjon Hojimirzayev (14. Bahodir Nasimov, 90+2), 22. Sanjar Shoahmedov (8. Hislat Halilov, 70), 23. Farruh Ikromov (9. Humoyunmirzo Iminov, 46), 44. Dushan Miyich.
Ogohlantirishlar: Farruh Ikromov (23), Fransis Narx (46), Dilshod Komilov (61), Abdulloh Yo‘ldoshev (67), Vohidjon Oqbo‘tayev (90).
“Olimpik” – “OKMK” 0:1
Gol: Xurshid G‘iyosov, 82 pen (0:1).
“Olimpik”: 13. Hamidillo Abdunabiyev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 7. Ibrohim Ibragimov, 10. Farruh Muxtorov (9. Asad Jo‘raboyev, 61), 19. Ahmadillo Muqumjonov (18. Akbar Abdirasulov, 84), 21. Muhammadaziz Ibrohimov (15. Muhsin Bozorov, 46), 22. Shahzod Toirov, 23. Abdurauf Bo‘riyev, 37. Alisher Odilov (77. Temur Mamasidiqov, 78), 44. Asadbek Rahimjonov, 64. Samandar Qodirov (8. Nodir Abdixoliqov, 61).
“OKMK”: 1. Valijon Rahimov, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (8. Baxtiyorjon Qosimov, 83), 7. Dilshod Ahmadaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov, 18. Aziz Xolmurodov (27. Ali Abdurahmonov, 83), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 28. Arixiro Sentoku (9. Ruben Sanches, 90), 77. Nodirbek Abdurazzoqov (99. Irakli Ruxadze.90). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»