18:16 / 19.06.2024
101

WBC reytingi yangilandi: Bokschilarimizning yangilangan reytingdagi o‘rni bilan tanishing

WBC reytingi yangilandi: Bokschilarimizning yangilangan reytingdagi o‘rni bilan tanishing
Foto: WBC
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Unga ko‘ra, Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosov 2 pog‘ona ko‘tarilib oldi. Olimjon Nazarov o‘tgan oydagi reyting o‘rniga nisbatan 3 pog‘ona ko‘tarilib oldi. Hasanboy Do‘stmatov ham 1 pog‘ona yuqoriladi.

Yangilangan reytingdan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan:

Super og‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona ko‘tarilib 10-o‘ringa joylashdi;

Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagi singari 13-o‘rinda;

Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagidan 3 pog‘ona balandlab 8-o‘rinni band etdi; xuddi shu vazn toifasida jang qiluvchi Jahongir Rasulov 2 pog‘ona yuqoriladi va 31-o‘rinni egalladi;

Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov o‘tgan oydagi kabi 28-o‘rinni band etdi;

Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab 30-o‘ringa joylashdi;

Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘stmatov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona balandlab 5-o‘rinni band etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBC reytingi yangilandi: Bokschilarimizning yangilangan reytingdagi o‘rni bilan tanishing