Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 20 iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Nasaf” o‘z maydonida “Neftchi”ni qabul qildi. Uchrashuvning 14-daqiqasida farg‘onaliklar futbolchisi Zoir Jo‘raboyev qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda “Neftchi” bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Bu albatta jamoaga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Bo‘lim oxiriga kelib qarshiliklar boshlagan hujum Muhsinjon Ubaydullayevning avtogoli bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin “Nasaf”ning minimal g‘alabasi bilan yakunlandi.
Kunning yana bir o‘yinida “Navbahor” “Qizilqum” bilan nursiz durang qayd etdi.
Bugungi uchrashuvlardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
Foto: PFL
Superliga
12-tur
20 iyun, payshanba
“Nasaf” – “Neftchi” 1:0
Gol: 1:0 — 45+1 Ubaydullayev (avtogol)
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Murod Rahmatov, 7. Akmal Mozgovoy, 10. Bobir Abdixoliqov, 14. Sharof Muhitdinov (9. Javohir Sidiqov, 46), 22. Igor Golban, 27. Islom Kenjaboyev, 28. Shuhrat Muhammadiyev (88. Marko Stanoyevich. 64), 34. Sherzod Nasrullayev, 70. Jambuli Jigauri (30. Temur Chogadze, 34).
“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 21. Muhsin Ubaydullayev (20. Anvar G‘ofurov,46), 4. Boyan Siger, 2. Zoir Jo‘raboyev, 70. Abbos G‘ulomov, 8. Ketelin Karp (23. Diyor Turopov, 55), 11. Javohir Qahramonov (24. G‘ulomhaydar Gulyamov, 55), 17. Sanjar Qodirqulov (7. Jasur Jaloliddinov, 55), 14. Xurshid Muxtorov, 77.Bilolxon Toshmirzayev (55. Manuchehr Safarov, 75), 9. Husayn Norchayev.
Ogohlantirish: Muhsin Ubaydullayev (41)
Chetlatish: Zoir Jo‘raboyev (14).
“Navbahor” – “Qizilqum” 0:0
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov (8. Siyavash Haqnazari, 87), 13. Filip Ivanovich, 17. Ruslanbek Jiyanov (21. Giorgi Nikabadze,77), 22. Toma Tabatadze (33. Shodiyor Shodiboyev, 87), 23. Yovan Jokich, 24. Dostonbek Abdulxayev (11. Asadbek Sobirjonov, 61), 34. Farruh Sayfiyev, 77. Abrorbek Ismoilov.
“Qizilqum”: 12. Roberts Ozols, 7. Davron Anvarov, 8. Giorgi Kuxianidze (13. Nikolay Tarasov, 81), 10. Elguja Lobjanidze (4. Ilhom Vahobov, 81), 11. Akaki Shulaya (17. Muhammadali G‘iyosov, 55), 14. Fayzulla Qambarov, 22. Shahzodbek Rahmatullayev, 23. Samandar Shukurullayev, 25. Azizbek Usmonov, 71. Jamoliddin Ubaydullayev, 77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev.
Ogohlantirishlar: Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (30), Fayzullo Qambarov (38), Toma Tabatadze (58). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»