Foto: BoxingUzbekistan
Birinchi o‘ta yengil vaznda (47,6 kg) jang qiluvchi Hasanboy Do‘stmatov WBA kamari uchun jang qiladi.
WBA tashkiloti minimal vazn toifasida jahon chempioni Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq bergan edi.Tailandlik chempionga o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov raqiblik qiladi.
Tashkilot fevral oyida ikki tomon kelishuvga erishishi uchun 30 kun muhlat bergan edi. Muddat allaqachon yakuniga yetgan bo‘lsa-da, tashkilotning bu haqida rasman ma’lumoti kechikdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Do‘stmatovning jamoasi jangni Olimpiadadan keyin o‘tkazishni so‘rab, iltimosnoma kiritgan. Tashkilot esa bu so‘rovni ma’qullagan.
Niyomtrong jamoasi ham bunga rozi bo‘lgan. Tailandlik bokschi endilikda ixtiyoriy himoya jangini o‘tkazadi. Hasanboy Do‘stmatov hamda tailandlik bokschi o‘rtasidagi jang sanasi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun: Hasanboy Do‘stmatov Rossiyaning Xabarovsk shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri”da g‘alaba qozongan edi. U finalda hamyurti Shahzod Muzaffarovni mag‘lubiyatga uchratdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»