
O‘zbekiston terma jamoasi va Qarshining "Nasaf" klubi darvozaboni Abduvohid Ne’matov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin.
23 yoshli posbonning xizmatlariga Tehronning "Persepolis" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda bir qancha fors manbalari xabar bermoqda.
Xabaringiz bor, jamoaning asosiy posboni Alireza Beyranvand shartnomasini bekor qildi. "Qizil armiyachilar" Ne’matovni Alirezaga asosiy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Avvalroq, tehronliklar O‘tkir Yusupovga ham qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar