22:18 / 22.06.2024
92

Superliga. "So‘g‘diyona" "Lokomotiv" maydonida zafar quchib, 3-o‘ringa chiqib oldi

Superliga. "So‘g‘diyona" "Lokomotiv" maydonida zafar quchib, 3-o‘ringa chiqib oldi
Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.

52-daqiqada Oleg Zoteyev himoyachilarni mohirona aldab o‘tib, darvozaga zarba berdi va hisobni ochdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, Ivan Rogach boshi bilan hisobni tenglashtirdi. 71-daqiqada Shohrux Abdurahmonov chap qanotdan ajoyib tarzda kirib borib darvozaga zarba berdi va jizzaxliklarni oldinga olib chiqdi. Shu tariqa, jizzaxliklar g‘alaba qozondi.

Superliga
12-tur


"Lokomotiv" – "So‘g‘diyona" 1:2
Gollar
: Ivan Rogach (Sanjar Tursunov) 61' – Oleg Zoteyev (Vladimir Yovovich) 52', Shohruh Abdurahmonov (Lyupcho Doriyev) 71'

"Lokomotiv": 32.Suhrob Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 14.Dilshod Komilov, 15.Jasurbek Hakimov, 17.Sanjar Tursunov, 26.Abdulloh Yo‘ldoshev, 27.Sobit Sindarov, 55.Anzur Ismoilov (49.Shohruh Xudaybergenov, 69, 10.Ivan Bulatovich, 81), 70.Abubakrrizo Turdialiyev (11.Izzatilla Abdullayev, 90), 77.Lazizbek Mirzayev (22.Muhammadanas Hasanov, 90).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 7.Sardor Abdunabiyev, 23.Jahongir Xoshimboyev, 35.Azizbek Abdumajitov, 44.Ismoilbek Usmanxo‘jayev.

"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Islom Qobilov, 6.Alisher Salimov (5.Jasurbek Yoqubov, 57), 8.Vladimir Yovovich, 11.Zoran Petrovich, 14.Lyupcho Doriyev (17.Samandar Sindarov, 90+3), 15.Xondamir Mustafoqulov, 28.Stanislav Andreyev (10.Shohruh Abdurahmonov, 60), 32.Nodirjon Soyibov, 33.Oleg Zoteyev.
Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 18.Mirjalol Abdumutalov, 30.Ibrohimjon To‘raqulov, 42.Sardorbek Erkinov, 63.Nizomiddin Farhadov, 90.Ulug‘bek Kenjayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "So‘g‘diyona" "Lokomotiv" maydonida zafar quchib, 3-o‘ringa chiqib oldi
ePN