07:56 / 27.06.2024
174

Yevro—2024. Turkiya Chexiyani mag‘lub etdi, Portugaliya Gruziyaga yutqazib qo‘ydi

Yevro—2024. Turkiya Chexiyani mag‘lub etdi, Portugaliya Gruziyaga yutqazib qo‘ydi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining F guruhi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinlar 26 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Chexiya Turkiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 20-daqiqasidayoq chexlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Barak qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni esa bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan turklar faolroq boshladi. 51-daqiqada Hoqon Chalhanoglu darvozani ishg‘ol etdi. 66-daqiqada esa Souchek hisobni tenglashtirdi. O‘yin oxirida esa Tosun yakuniy nuqtani qo‘ydi. Gol urib, jamoasining keyingi bosqichga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

Guruhning yana bir o‘yinida Gruziya Portugaliya ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Gruziya terma jamoasi safida Hvicha Kvarasxeliya va Mikautadze gol mualliflariga aylandi.

3-turdan so‘ng ushbu guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yevro—2024
3-tur

26 iyun, chorshanba
Chexiya – Turkiya 1:2
Gollar
: 0:1 – 51 Chalhanoglu, 1:1 – 66 Souchek, 1:2 — 90+5 Tosun.
Chexiya: Stanek (Kovarj, 55), Soufal, Granach, Golesh, Kreychi, Yurasek (Yurasek, 81), Barak, Provod (Lingr, 75), Souchek, Xitil (Kuxta, 55), Glojek (Xori, 55).
Turkiya: Gyunok, Myuldyur, Akaydin, Demiral, Kadioglu, Chalhanoglu (Kekchyu, 87), Ozjan (Ayxan, 46), Yuksek (Yokushlu, 63), Gyuler (Tosun, 75), Yilmaz, Yildiz (Aktyurkoglu, 76).
Ogohlantirishlar: Barak (11), Ozjan (31), Shik (34), Yildiz (37), Yuksek (49), Gyunok (64), Chalhanoglu (66), Chakir (68), Myul’dyur (81), Yarosh (84), Cherv (85), Akaydin (85), Kreychi (90+1).
Chetlatish: Barak (20).

Gruziya – Portugaliya 2:0
Gollar
: 1:0 – 2 Kvarasxeliya, 2:0 – 57 Mikautadze (penalti).
Gruziya: Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Gvelesiani (Kverkveliya, 76), Dvali, Lochoshvili (Sitaishvili, 63), Kiteyshvili, Kochorashvili, Chakvetadze (Mekvabishvili, 81), Kvarasxeliya (Davitashvili, 82), Mikautadze.
Portugaliya: Diogu Koshta, Diogu Dalot, Inasiu, Antoniu Silva (Semedu, 66), Danilu Pereyra, Palinya (Ruben Nevesh, 46), Joau Nevesh (Mateush Nunesh, 75), Joau Feliks, Fransishku Konseysau, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 66), Netu (Diogu Jota, 75).
Ogohlantirishlar: Ronaldu (28), Netu (44), Ruben Nevesh (53), Mekvabishvili (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Turkiya Chexiyani mag‘lub etdi, Portugaliya Gruziyaga yutqazib qo‘ydi