18:06 / 27.06.2024
548

Olimpiadada O‘zbekiston tarkibida yoshi katta futbolchilardan kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi

Olimpiadada O‘zbekiston tarkibida yoshi katta futbolchilardan kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij olimpiadasida ishtirok etishidan xabaringiz bor. Kecha Husanov va Fayzullayev OTJ tarkibiga qachon kelib qo‘shilishi haqida xabar bergan edik.

Bosh murabbiy Timur Kapadze olimpiadaga 3 nafar yoshi katta futbolchi olib ketishni mo‘ljallamoqda. Bular:

1. Eldor Shomurodov ("Roma")
2. Oston O‘runov ("Persepolis")
3. Akmal Mozgovoy ("Nasaf")

Ushbu 3 nafar yoshi katta futbolchilar ro‘yxati "Nasaf" himoyachisi Alibek Davronovning jarohati qay darajada jiddiyligi va davolanish davomiyligiga qarab o‘zgarish ehtimoli mavjud. Ya’ni, yuqoridagi futbolchilardan biri qaysidir markaziy himoyachi (katta ehtimol bilan Husniddin Aliqulov)ga almashtirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiada uchun jamoalar faqatgina 18 nafar futbolchini "zayavka" qilishlari mumkin. Bundan tashqari, yana 4 nafar o‘yinchini zaxira varianti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Musobaqa payti 18 talikdan kimdir jarohat olib yoki betob bo‘lib qolgan o‘yinlarda o‘ynay olmasa, uning o‘rniga o‘sha 4 nafar zaxiradagi futbolchilardan birini "zayavka"ga kiritish mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiadada O‘zbekiston tarkibida yoshi katta futbolchilardan kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi