20:47 / 27.06.2024
250

Ispaniya Olimpiya terma jamoasi Parij—2024 uchun qaydnomasini e’lon qildi

Ispaniya Olimpiya terma jamoasi Parij—2024 uchun qaydnomasini e’lon qildi
Futbol bo‘yicha Ispaniya Olimpiya terma jamoasi Parij—2024 uchun qaydnomasini e’lon qildi.

Parij Olimpiadasi 24 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadi.

Qaydnomadan “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal hamda “Atletik” futbolchisi Niko Uilyams joy olmadi.

Darvozabonlar: Arnau Tenas (“PSJ”), Joan Garsiya (“Espanyol”), Alexandro Iturbe (“Atletiko”).

Himoyachilar: Pau Kubarsi (“Barselona”), Erik Garsiya (“Barselona”), Kristian Moskera (“Valensiya”), Pacheko (“Alaves”), Xuanlu Sanches (“Sevilya”), Mark Pubil (“Almeriya”), Migel Guterres (“Jirona”), Xuan Miranda (“Betis”).

Yarim himoyachilar: Benyat Turrientes (“Real Sosedad”), Aleks Baena (“Vilyarreal”), Adrian Bernabe (“Parma”), Pablo Barrios (“Atletiko”), Aymar Oros (“Osasuna”).

Hujumchilar: Serxio Gomes (“Manchester Siti”), Fermin Lopes (“Barselona”), Diego Lopes Nogerol (“Valensiya”), Kamelo (“Rayo”), Samu Omorodion (“Atletiko”), Abel Ruis (“Braga”).

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Olimpiya terma jamoasi Parij—2024 musobaqasida C guruhidan joy olgan. Guruhdan O‘zbekiston, Misr va Dominikan Respublikalari joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya Olimpiya terma jamoasi Parij—2024 uchun qaydnomasini e’lon qildi