
Birlashgan Arab Amirliklari bosh murabbiyi Paulu Bentu jahon chempionati saralashi 3-bosqichidan o‘rin olgan qur’a natijalari to‘g‘risida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, amirliklar "A" guruhida Eron, Qatar, O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi va Shimoliy Koreya bilan to‘qnash keladi.
"Raqiblarimizning har biri yuqori sifatga ega bo‘lgani tufayli jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish vazifasi qiyin bo‘ladi. Logistika nuqtayi nazaridan esa qulaylik olib keldi. Bu juda muhim ahamiyatga ega, sababi, ko‘p futbolchilarimiz olis masofaga sayohat qilishga odatlanmagan, shu bois, endilikda moslashish va tiklanish uchun ulardan ko‘p vaqt talab etilmaydi", dedi portugalik mutaxassis.
BAA terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi ilk o‘yinini 15 oktbr kuni, Toshkentda o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar