Superliganing qoldirilgan 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Nazarimda muxlislarbop va tomoshabop uchrashuv bo‘ldi. Shaxsan o‘zimga jamoamiz futbolchilari ko‘rsatgan o‘yin ma’qul keldi, kimdir yomon o‘ynadi deb ayta olmayman. Birinchi bo‘lim ikkinchi bo‘limdan ko‘ra yorqinroq o‘tdi. Bilasizmi, gollarni indivudial xatolar evaziga o‘tkazib yubordik. Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. "Nasaf" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.
- "Navbahor" birdan yorqin o‘yin namoyish etgani ko‘pchilikni ajablantirdi. Bugungi o‘yinda jamoadan ehtiyotkor uslub kutilayotgandi...
- "Andijon" bilan o‘yindan kelib chiqib aytayapsizmi?
- Yo‘q, umuman joriy mavsumdagi hamma o‘yinlarni nazarda tutayapman.
- "Navbahor" hamma o‘yinda g‘alaba uchun maydonga chiqdi. Biroq jarohatlar, yuzaga kelgan yo‘qotishlar jamoa natijalariga ta’sir qildi. O‘sha "Neftchi"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng qayd etgan natijalarimiz ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Bizda yo‘qotishlar ko‘payib ketdi.
- Nikabadzening jarohati bo‘yicha ma’lumot bersangiz. Uning holati qanday?
- Nikabadze jarohat oldi va majburan almashtirdik. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekanini tibbiy ko‘rikdan so‘ng bilib olamiz.
- Tabatadze nega so‘ngi o‘yinlar qaydnomalarida yo‘q?
- Tomada jarohat bor. Shuning uchun ham tarkibga kirmayapti.
- Birinchi davra yakunlandi. Transfer rejasi haqida ma’lumot bera olasizmi?
- Birinchi davra davomida butun jamoa birgalikda ishladi, katta mehnat qilindi. Hozir kim ketadi, kim qoladi, bu haqida ayta olmayman. Jamoaga oid qarorlar butun jamoa ishtirokida hal qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi