
2018-2020 yillar davomida Namanganning "Navbahor" klubini boshqargan Andrey Kanchelskis o‘tgan yildan buyon Qirg‘izistonning "Muras Yunayted" jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi.
Rossiyalik mutaxassis boshchiligidagi jamoa so‘nggi ikki bellashuvda mag‘lub bo‘lgan. Rahbariyat esa jamoa oldiga joriy mavsumda chempion bo‘lish talabini qo‘ygan. Qayd etilishicha, mana shu ikki muvaffaqiyatsiz natija uning ketishiga sabab bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, iste’foga asosiy sabab klub bilan kelisha olmay qolgani kabi versiyalar ham mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, 55 yoshli mutaxassis "lochinlar" safini ham kelishmovchilik sabab tark etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar