"Dinamo" 5 nafar futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi

"Dinamo" 5 nafar futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi
Birinchi davradan so‘ng musobaqa jadvalida 11-o‘rinni band etib turgan Samarqanding “Dinamo” jamoasida yozgi transfer paytida o‘zgarishlar bo‘lishi aniq.

Davralar oralig‘ida hozircha klubni rasman 5 nafar futbolchi tark etdi. Bular – Azamat Halilov, Farruh Ikromov, Bobur Yorbekov, Xurshid Ubaydullayev va legioner futbolchi Artyom Sokol.

Klub ushbu o‘yinchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgani haqida O‘zPFL rasmiy xabar berdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar