57
Maksim Shatskix: "Birinchi davrada qayd etgan natijalarimizdan ko‘nglim to‘ldi. Ikkinchi davrada yanada kuchliroq bo‘lamiz"
O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidagi "Aral" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng "Sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi va bo‘lib o‘tgan o‘yin hamda jamoa haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
- O‘yin haqida
- Ikki xil taym o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda o‘zimizni to‘liq ko‘rsata olmadik. Bu ruhiyat sababli. Tanaffusdan keyin esa, umuman boshqa futbol namoyish etdik. Ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo bor yo‘g‘i bitta gol urdik.
- Birinchi bo‘limda bor kuchimizdan foydalana olmadik va bunga sabab futbolchilarning ruhiyati bunga sabab dedingiz. Birinchi davraning so‘ngi o‘yini edi, balki futbolchilarda ta’til kayfiyati borligi sabab bugun biroz shiddatsiz o‘yin bo‘lgandir? Masalan Dragan Cheran ta’tilga biroz avvalroq chiqishga ulgurdi.
- Yo‘q. Bu futbolchilarning fikrlashiga bog‘liq. O‘zim futbolchilik faoliyatimda bunday muammolar bilan duch kelganman. Har bir raqibga birdek tayyorgarlik ko‘rish kerak ekanligini ko‘p marotaba takrorlaganman. Hech qaysi jamoani osongina mag‘lub etib bo‘lmaydi. Qaysidir futbolchi xayolan terma jamoa yig‘inida. Kimdir esa xayolan ta’tilga yo‘l oldi. Biz yomon o‘ynamadik, ammo birinchi bo‘limdan ko‘nglim to‘lmadi.
- Chorak finaldagi raqib "Bunyodkor" haqida gapirib o‘tsangiz. "Paxtakor" ikki mavsumdan buyon Kubok bahslarida chorak final bosqichidan o‘ta olmayapti.
- Menga qaysi jamoa raqib bo‘lishining farqi yo‘q. U bahsga qadar juda ko‘p vaqt bor. Birinchi davrani yomon tugatmadik. Eng muhimi, olimpiadaga yo‘l oladigan futbolchilarimiz jarohatlarsiz ishtirok etishi. Vatan sha’nini munosib himoya qilish kerak. Futbolchilar ta’tildan yaxshi kayfiyatda qaytishsa bo‘lgani, qolganini o‘zimiz to‘g‘rilaymiz.
- Birinchi davra bugun yakunlandi. "Paxtakor"ning birinchi davradagi ishtirokini qanday baholaysiz? Jamoa ko‘rsatgan o‘yin sifati va natijalardan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi?
- Jamoadan taxminan shunday o‘yin kutgan edim. Kutilmagan vaziyatlarda ochkolar yo‘qotdik, lekin barcha jamoalar ochko yo‘qotishdi. Turnir jadvaliga qarab baho beradigan bo‘lsam. Biz egallab turgan o‘rindan ko‘nglim to‘ldi. Mavsum avvalida bizdan bunday natija kutishmagandi. Bizni ko‘pchilik jiddiy qabul qilmagandi. Ikkinchi davrada "Paxtakor" yana o‘zgaradi.
- Jamoa qisqa muddatli ta’tilga yo‘l oldi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni qanday kechishi haqida gapirib bersangiz. Ta’til qachon tugaydi? Yig‘inni qachon boshlaysizlar? Nazorat va o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladimi? Masalan o‘tgan yili yozda "Paxtakor" Olma-Otaning "Qayrat" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgandi. Bu yil ham shunday reja bormi?
- 10 kun dam berdik. 17 iyul kuni esa yig‘ilamiz. Qibraydagi bazamizda tayyyorgarlik ko‘ramiz. Uchta nazorat uchrashuvi ham o‘tkazishni reja qilganmiz. 20, 24, 29 iyul kunlari nazorat o‘yinlarini o‘tkazamiz. Biz o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun ko‘p jamoalar bilan aloqada bo‘ldik. Tashkiliy masalalarga ko‘ra, halqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmaydigan bo‘ldik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi