11:06 / 08.07.2024
595

“Zenit” sardori Abbosbek Fayzullayevni tanladi

“Zenit” sardori Abbosbek Fayzullayevni tanladi
Rossiya futboli keng yoritib kelayotgan “Chempionat” nashri yakunlangan mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlash uchun so‘rov tashkil qildi.

So‘rovnomada Rossiya chempionatida ishtirok etgan jamoalarning bosh murabbiylari va sardorlari ovoz beradi.

Sovringa 21 yosh va undan kichik futbolchilar da’vogarlik qiladi. Qoidaga ko‘ra, chempionat boshlangan davrda o‘yinchining yoshi 21 dan oshmagan bo‘lishi kerak. Mavsum davomida yoshi 22 ga yetgan o‘yinchilar ham da’vogarlar safiga kiritiladi.

So‘rov tashkilotchilari mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan “Zenit” jamoasi sardori Duglas Santos ovoz bergan yosh futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Braziliyalik futbolchi o‘zi tanlagan nomzodlarni quyidagicha joylashtirdi.

1-Konstantin Tyukavin (“Dinamo” Moskva)
2-Nikita Saltikov (“Lokomotiv” Moskva)
3-Kirill Kravsov (“Sochi” Sochi)
4-Abbosbek Fayzullayev (SSKA Moskva)
5-Danila Kozlov (“Krasnodar” Krasnodar)

Konstantin Tyukavin

22 yoshli hujumchi uchun yakunlangan mavsum juda samarali bo‘ldi. Tyukavin Premer-ligada 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va 10 ta assistga mualliflik qildi. Rossiya kubogida sakkizta bellashuvda o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ydi.

Nikita Saltikov

“Lokomotiv”ning 19 yoshli chap qanot hujumchisi Premer-ligadagi debyut mavsumidayoq muxlisu mutaxassislar e’tiboriga tushdi. Nikita chempionatla 29 ta bahsda to‘rttadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi. Mamlakat kubogi doirasida to‘rtta bellashuvda bitta assist qayd etdi.

Kirill Krivsov

22 yoshli tayanch yarim himoyachi jamoasining himoyaviy salohiyatini mustahkamlash barodarida hujumchilarga ham yordam berib turdi. “Sochi” futbolchi chempionatda raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi. Rossiya kubogi doirasida ham uchta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Abbosbek Fayzullayev

20 yoshli futbolchi legioner maqomidagi dastlabki mavsumidayoq Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyotiga aylandi. SSKAning hujumchilari asosan Abbosbek orqali tashkil etilmoqda. O‘zbek futbolchisi chempionatda 22 ta bahsda to‘rtta gol va 11ta assist muallifi bo‘ldi. Rossiya kubogi musobaqasida 10 marotaba maydonga tushib, bitta gol va uchta golli pas bilan jamoasini finalga chiqishiga yordam berdi.

Danila Kozlov

19 yoshli futbolchi Premer-ligadagi debyut mavsumida 12 marotaba maydonga tushdi. Iqtidorli yarim himoyachi bu bahslar davomida ikkita gol va to‘rtta assist qayd etib, jamoasining oltita golida bevosita ishtirok etdi. Rossiya kubogida oltita bellashuvda bittadan gol va samarali pas muallifi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Zenit” sardori Abbosbek Fayzullayevni tanladi