14:07 / 09.07.2024
389

Rossiya chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi

Rossiya chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi
Foto: “Championat.com”
Rossiyaning nufuzli “Chempionat” nashri murabbiylar va klub sardorlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, RPLning 2023—2024 yilgi mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisini aniqladi.

Birinchi o‘rinni 164 ochko jamg‘argan “Dinamo” hujumchisi Konstantin Tyukavin egalladi. Ikkinchi o‘rinni o‘tgan mavsumda “Krilya Sovetov” klubida o‘ynagan “Lokomotiv" yarim himoyachisi Nikita Saltikov egalladi. Uning hisobida 41 ochko bor. Kuchli uchlikni “SSKA” klubi yarim himoyachisi o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev 39 ochko bilan yakunlab berdi.

“RPLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi” mukofoti “Championat” sayti mavsum yakunida Rossiya chempionati klublari bosh murabbiylari va sardorlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ovoz berish natijasi bilan aniqlanadi. So‘rovnomada 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi.

Foto: Championat
Chempionatning navbatdagi kashfiyoti. “SSKA” iqtidorli o‘zbekistonlik futbolchi uchun atigi 500 ming yevro to‘lagan va bundan afsuslanmagani aniq. Boshlang‘ich tarkibdag birinchi o‘yindayoq u darhol gol urdi. Mavsumning birinchi qismidan so‘ng Abbosbek jamoa bilan Osiyo Kubogiga yo‘l oldi va u yerda chorak finalga chiqdi. Abbosbek bir mavsumda klub yetakchisi bo‘lishga tayyor ekanligini ko‘rsatdi”, — deb yozadi “Championat.com” sayti.

Foto: Championat
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Fayzullayev 2021 yildan 2023 yilgacha “Paxtakor”ning kattalar jamoasida to‘p surgan. Bu davrda u barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2023 yilning yozida Abbosbek “SSKA”ga o‘tdi. Bu davrda u barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi
ePN