Luis de la Fuente Yevro-2024 yarim finali doirasida o‘tkaziladigan Ispaniya - Fransiya uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Ushbu bahs 9 iyuldan 10 iyulga o‘tar kechasi 00:00da o‘tkaziladi.
- Bu biz uchun fantastik imkoniyat. Biz ko‘p ter to‘kdik va shu yerda bo‘lishga munosibmiz. Bu final bo‘lishi ham mumkin edi. Ushbu tipdagi uchrashuvlarda hammasini detallar hal qiladi, kamroq xato qilish lozim. Biz tarixiy imkoniyatga loyiqmiz.
- Ispaniya qanday o‘ynaydi?
- Har doim g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. O‘yin modelimiz shouga o‘xshaydi, u juda tomoshabop va yorqin. Ammo asosiysi - g‘alaba. Maftunkor va foydali o‘ynash kerak.
- Fransiya o‘yini siz uchun zerikarli emasmi?
- Men baholayman va potensialni tahlil qilaman va bu narsa fransiyaliklarda fantastik darajada. Ulardagi futbolchilarning mahoarati juda yuqori. Doim ularning futbolidan rohat olganman. Zerikarli emas, bizning uslublarimiz farq qiladi.
Biz tayyormiz. Fransiya jismonan juda kuchli jamoadek tasavvur uyg‘otyapti, ammo ularga qarshi qanday quroldan foydalanish kerakligini yaxshi bilamiz", - dedi de la Fuente. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi