12:24 / 10.07.2024
386

Mbappe nima uchun kecha Fransiya mag‘lub bo‘ldi degan savolga javob berdi

Mbappe nima uchun kecha Fransiya mag‘lub bo‘ldi degan savolga javob berdi
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe nima sababdan jamoasi finalga yo‘l olmaganini tushuntirdi.

«Raqib bizdan ko‘ra yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Mag‘lubiyatimizning sababi shu! Qanchalik yaxshi? Buni yana bir bor o‘yini ko‘rib, aytish mumkin. Biz goldan so‘ng tezda ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda bir qator yaxshi imkoniyatlarni yaratdik, biroq to‘p darvozaga kirishni istamadi», — dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Yevropa chempionati Mbappega omadli keldi deb bo‘lmaydi. Hujumchi musobaqa davomida burnidan jarohat oldi va to‘liq kuch bilan harakat qila olmadi. U ushbu musobaqada 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va assist bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe nima uchun kecha Fransiya mag‘lub bo‘ldi degan savolga javob berdi