Qozog‘istonlik taniqli sport jurnalisti va sharhlovchi, hozirda Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Sportni rivojlantirish boshqarmasi matbuot xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Ayan Tolegendan Isroil Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangdagi imkoniyati haqida fikrlari bilan qiziqdik.
- Keling men vaziyatni qanday tasavvur qilayotganligim borasida qisqacha to‘xtalib o‘taman. Bilamizki, Madrimov bu vazn toifasi uchun juda zo‘r. Menimcha Isroil Madrimov jangni shiddatli boshlaydi. Sof o‘zbek boks maktabiga xos tarzda. Shuningdek, u havaskor yo‘nalishda anchagina tajriba to‘plagan va Osiyo chempioni bo‘lgan. U Kroufordni 1-raundlardayoq nokautga uchratishga harakat qiladi. Nokaut qila olmagan taqdirda ham dastlabki raundlarda jiddiy bosim uyushtiradi. Balki o‘xshab qolar, ya’ni yon tomondan yo‘llaydigan zarbasi bilan uni tutib olib, sensatsiyani amalga oshirishi mumkin. Krouford ham hozir Madrimovni o‘rganayotganligi aniq.
Terens Madrimov bilan yaqin masofada jang qilish xavfli ekanligini biladi. U jangni shiddatini o‘ldirishga, tempni tushirishga harakat qiladi. Agar, Madrimov jangning birinchi yarmida nimagadir erisha olmasa, ikkinchi qismida unga qiyin bo‘lishi mumkin. Chunki, Terens o‘zining chempionga xos xislatini va tajribasini ko‘rsatadi. Uning oyoq harakatlari va qo‘llarining uzunligi ko‘proq foyda berishi mumkin. Demoqchimanki, ochkolar hisobida g‘alaba qozonish imkoniyati Kroufordda ko‘proq. Albatta, ushbu jangda Madrimovga omad tilayman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi