AQSHda o‘tgan Amerika Kubogi—2024 15 iyul kuni yakuniga yetdi.
Final uchrashuvida chempion Argentina Kolumbiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida esa argentinalik hujumchi Lautaro Martines g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, Argentina ketma-ket 2 marta g‘alaba qozondi. Argentina g‘alabadan so‘ng 16-bor o‘z qit’asida tengsiz jamoaga aylandi va Urugvayni (15) ortda qoldirib, mutlaq rekordchiga aylandi.
Lionel Messi jarohat sabab 66-daqiqada almashtirildi. Anxel Di Mariya esa milliy jamoadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.
Amerika Kubogi—2024.
Final
Argentina — Kolumbiya 1:0
Gol: 1:0—Lautaro Martines (112).
Argentina: Emiliano Martines, Montiel (Molina, 72), Romero, Lisandro Martines, Talyafiko, Di Mariya (Otamendi, 117), Mak Allister (Paredes, 97), De Paul, Fernandes (Lo Chelso, 97), Messi (Gonsales, 66), Alvares (Lautaro Martines, 97).
Kolumbiya: Vargas, Santiago Arias, Sanches, Kuesta, Moxika, Lerma (Uribe, 105), Jon Arias (Karraskal, 105), Rios (Kastanto, 89), Xames (Kintero, 90), Dias (Borxa, 105), Kordoba (Borre, 89).
Ogohlantirishlar: Kordoba (27), Mak Allister (61), Borxa (115), Lo Chelso (118). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi