09:14 / 15.09.2016
5 653

Rio Paralimpiyasi: O‘zbekiston 11-o‘ringa tushib qoldi

Rio Paralimpiyasi: O‘zbekiston 11-o‘ringa tushib qoldi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XV Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Nufuzli musobaqaning yengil atletika bo‘yicha 4x100 metrga estafeta bahslarida qatnashgan Miran Saxatov, Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliev va Faxriddin Hamroyevdan iborat jamoamiz 43,47 soniya natija bilan shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Ayni paytda O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobida 6 oltin, 4 kumush va 14 bronza medal bor. Kecha O‘zbekiston umumiy ro‘yxatda 9 o‘rinni egallab turgan edi. Ayni damda O‘zbekiston 11 o‘rinni qayd etib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rio Paralimpiyasi: O‘zbekiston 11-o‘ringa tushib qoldi