
Statistika ekspertlari Ispaniya terma jamoasi musobaqa davomida maksimal darajada pul ishlab olganini hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ispanlar qit’a chempionatida 28,25 million yevro miqdorida daromad ko‘rdi.
Ma’lum qilinishicha, Yevropa chempionatida ishtirok etgan har bir jamoa kafolatlangan 9,25 million yevroga ega bo‘ldi.
Ispaniya terma jamoasi bundan tashqari yettita o‘yinning barchasida zafar quchdi va har bir g‘alaba uchun bir million yevrodan oldi.
Yevropa chempionati g‘olibiga 8 million yevro miqdorida mukofot puli berilishi belgilangan. Bu ham ispanlarga nasib qildi.
Finalda ishtirok etgani uchun 5 million yevro bilan taqdirlangan Angliya terma jamoasi umumiy hisobda 14,25 million yevro ishlab oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar