Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokio Olimpiadasi kumush medal sovrindori Anna Prakatenning bundan buyon xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan qatnashishiga ruxsat berdi.
Akademik eshkak eshish ustasi hisoblangan Prakaten aslida 1992 yili 6 sentyabrda Minsk shahrida tug‘ilgan va 2016 yilga qadar xalqaro maydonda Belarus terma jamoasi nomidan qatnashgan. Keyinlik Rossiya fuqaroligini olgan taniqli sportchi yana sport fuqaroligini o‘zgartirdi. 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida Anna akademik eshkak eshish bo‘yicha yakkalik bellashuvlarida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Rossiya sportchilari siyosiy vaziyat tufayli xalqaro miqyosdagi musobaqalarda chetlatilgach, Prakaten 2023 yilning aprel oyida O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tgani ma’lum qilindi. 2023 yilgi Osiyo o‘yinlarida Anna terma jamoamiz hisobiga oltin medal ham keltirdi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi yana bir sportchi – amerikalik suzuvchi Kai Uinklerni Germaniya terma jamoasiga o‘tishiga ham ruxsat berdi.
- Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘mi sportchilarni uch yillik kutish muddatidan oo‘od qilish, ularga Parij Olimpiadasida ariza kiritgan Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakili sifatida ishtirok etish huquqini tasdiqlash haqidagi iltimosini qondirishga qaror qildi, - deyiladi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi vakili Kristian Klaue bergan bayonotda.
Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi