14:46 / 15.09.2016
6 009

FIFA reytingi. O‘zbekiston termasi yana 6 pog‘onaga yuqoriladi

FIFA reytingi. O‘zbekiston termasi yana 6 pog‘onaga yuqoriladi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 55-o‘rindan 49-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi 621 ochko bilan 49-o‘rinda bormoqda. Osiyo mamlakatlar orasida terma jamoamiz Eron (712 ochko), Avstraliya (643 ochko) va Janubiy Koreya (634) termalaridan keyin to‘rtinchi bo‘lib turibdi.

37 (1). Eron – 712 ochko
45 (2). Avstraliya – 643
47 (3). Janubiy Koreya – 634
49 (4). O‘zbekiston – 621
52 (5). Saudiya Arabistoni – 589
56 (6). Yaponiya – 574
66 (7). BAA – 504

FIFA reytingini hamon Argentina boshqarib bormoqda. Ular hisobida 1646 ochko mavjud. Belgiya (1369 ochko) ham ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Germaniya terma jamoasi Kolumbiyani to‘rtinchi o‘ringa tushirib, uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

1. Argentina – 1646
2. Belgiya – 1369
3. Germaniya – 1347
4. Kolumbiya – 1323
4. Braziliya – 1323
6. Chili – 1284
7. Portugaliya – 1228
8. Fransiya – 1188
9. Urugvay – 1173
10. Uels – 1161

Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA reytingi. O‘zbekiston termasi yana 6 pog‘onaga yuqoriladi