Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov 3 avgust kuni Terens Kroufordga qarshi jang qiladi. Jang oldidan Madrimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Hayotim 100 foizga o‘zgarib ketdi. Bundan 6 yil oldin professional boksdagi faoliyatimni boshlagandim va bu onlarni o‘shandan beri kutaman.
Orzuim va maqsadim dunyoning eng zo‘rlari bilan jang qilish va bu orqali P4P reytingiga kirish. Men yaxshi tayyorgarlik ko‘raman va nasib qilsa, chempionlik kamarimni o‘z qo‘limda saqlab qolaman”.
Isroil va Terens o‘rtasidagi jang Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Isroil va Terens o‘rtasidagi qarama-qarshilik birinchi o‘rta vazn toifasidagi WBA kamari uchun kechadi.
Terens Krouford professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.
Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”