Argentina futbol assotsiatsiyasi futbol bo‘yicha Olimpiada musobaqasida Marokashga qarshi o‘yindagi bahsli vaziyatdan so‘ng FIFA'ga shikoyat qildi.
“Argentina futbol assotsiatsiyasi bugun U-23 terma jamoamizning marokashlik futbolchilarga qarshi o‘yinida sodir bo‘lgan barchaga ma’lum bo‘lgan voqealardan so‘ng, FIFA Tartib-intizom komissiyasiga bunday holat uchun zarur tartibga soluvchi choralar ko‘rilishini so‘rab rasmiy shikoyat yubordi.
Futboldek go‘zal sport turini tinch yo‘l bilan rivojlantirish tarafdorlari xavfsizligini ta’minlash juda muhim va biz buni amalga oshirish uchun barcha zarur ishlarni qilamiz”, deyiladi Argentina futbol assotsiatsiyasi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Medinaning 90+16-daqiqada urgan goli evaziga o‘yinda hisobni tenglashtirdi. Golni nishonlash vaqtida Janubiy Amerika jamoasi futbolchilari tomon turli buyumlar uloqtirilgan. Shuningdek, Marokash terma jamoasi muxlislari maydonga yugurib chiqqan.
O‘yin tartibsizliklar tufayli to‘xtatildi. Ikki soatdan so‘ng o‘yin davom ettirildi. VAR tomonidan gol ko‘rib chiqildi va hakam golni bekor qilishga qaror qildi. 3 daqiqa davom etgan o‘yinning keyingi qismida hisob o‘zgarmay qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi