O‘zbekiston futbolchilari mamlakat futbol tarixidagi ilk Olimpiya o‘yinlarini ham boshlab oldi. Nafaqat Yevropaning, balki jahonning eng kuchli futbol mamlakatlaridan bo‘lgan Ispaniya vakillariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar namoyish etgan o‘yin ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
Olimpiadadan oldin aksariyat tahlilchilar, ekspertlar, kuzatuvchilar tomonidan guruh autsayderi sifatida ta’riflangan terma jamoamiz oltin medalga da’vogar bo‘lgan ispanlarni ancha qiynab qo‘ydi.
O‘zbeklarning shiddatli o‘yiniga duch kelgan yevropaliklar futbolchilarimizni ko‘pincha qoida buzish, libosidan tortib qolish orqali to‘xtatishga urindi. Garchi bellashuvni boy bergan bo‘lsak-da, hech kim futbolchilarimizni tanqid qilgani yo‘q.
Endi Timur Kapadze shogirdlari 27 iyul kuni Misr futbolchilariga qarshi maydonga chiqadi. Birinchi turdagi mag‘lubiyatdan keyin bu o‘yinning ahamiyati juda oshib ketdi. Terma jamoamiz musobaqadagi ishtirokini davom ettirish imkoniga ega bo‘lishi uchun ijobiy natija qayd etishi kerak bo‘lsa, g‘alaba qozonishi shart.
Bo‘lajak bellashuv oldidan terma jamoamiz yetakchilaridan Abbosbek Fayzullayevning birinchi ustozi Dmitriy An o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ispaniya bilan bo‘lgan o‘yin menga juda yoqdi, lekin ayrim vaziyatlarda ochiqchasiga omadimiz kelmadi. Ba’zan nimalardir o‘xshamay ham qoldi. Biroq yigitlarimiz juda yaxshi o‘ynadi. Qo‘llaridan kelganini namoyish qila olishdi.
Abbosbek Fayzullayev va Umarali Rahmonaliyev terma jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. Ular hali o‘zlarini ko‘rsatishi va o‘yinlar natijasini hal qilishlari kerak. Bu ularning qo‘lidan keladi.
Ayniqsa, Abbosbek Fayzullayev jamoaga yordam berishiga, qulay vaziyatdan foydalanishi yoki golli uzatma berishiga ishonaman.
Agar maydonda tartib-intizom kuchli bo‘lsa, futbolchilarimiz borini berib o‘ynasa, Misr terma jamoasini yenga olishadi. Ulardan g‘alaba kutamiz, - dedi Dmitriy An.
Birinchi tur yakunlariga ko‘ra, “S” guruhida Ispaniya terma jamoasi uch ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Misr va Dominikan Respublikasi vakillari o‘zaro bahsda golsiz durang qayd etdi va bittadan ochko jamg‘ardi.
Mutaxassislar bu terma jamoalarning ikkitadan ochko yo‘qotgani guruh bahslari oxirida O‘zbekistonga qo‘l kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Futbolchilarimiz hali ochko yig‘a olmagani uchun hozircha to‘rtinchi pog‘onada qolib ketgan.
Olimpiya o‘yinlarining guruh bahslarida dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar pley-offga yo‘llanma oladi.
Kvartetda ochkolar teng kelib qolsa, birinchi navbatda to‘plar nisbati, keyin o‘zaro o‘yinlar natijasi inobatga olinadi.
Misr va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi tur uchrashuvi 27 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi