date
views 263

"Nasaf" qaysi pozitsiyalar uchun legionerlarni jalb qilmoqchi?

"Nasaf" qaysi pozitsiyalar uchun legionerlarni jalb qilmoqchi?
"Nasaf" klubi Timur Chogadze bilan bir amallab xayrlashgach, transfer rejasini tuzib chiqdi. Klub tezroq harakat qilishi kerak bo‘ladi. Sababi, transferlar oynasi yopilishiga oz vaqt qoldi.

"Ajdarlar" bu yozda jamoa dedlayniga qadar vinger va markaziy himoyachini safga qo‘shib olmoqchi. Katta ehtimol bilan, ularni biri Osiyo, ikkinchisi Boltiqbo‘yi mamlakatidan taklif etiladi.

Bu pozitsiyalar bejizga tanlangani yo‘q. Islom Kenjaboyev eski jarohati qo‘zg‘agani sababli uzoq muddat "Nasaf"ga yordam bera olmasligi, Alibek Davronov va Igor Golbanning tez-tez safdan chiqayotgani klub rejalariga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" qaysi pozitsiyalar uchun legionerlarni jalb qilmoqchi?