MakGregor "pul mashinasi", u bilan hamma jang qilishni xohlaydi

MakGregor "pul mashinasi", u bilan hamma jang qilishni xohlaydi
Yarim yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski(26-4) promoushenning katta yulduzlaridan biri Konor MakGregor(22-6)ga qarshi jang o‘tkazishni orzu qilmoqda.

"Konorga qarshi jang uchun gonorar aql bovar qilmaydigan darajada bo‘ladi, u bilan jang qilishni juda xam xohlayman. Men har doim bu bahsga qiziqib kelganman va MakGregor men jang qilmagan yagona yengil vazn toifasidagi chempion. U texnik jihatdan juda kuchli va xavfli jangchi, lekin men uni to‘g‘ri strategiya orqali mag‘lub eta olaman", - deya Volkanovskidan iqtibos keltiradi Bloody Elbow.

Eslatib o‘tamiz, Volkanovski Iliya Topuriyaga nokaut evaziga yutqazganidan beri oktagonga chiqmadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar