
Kecha saytimiz orqali "Lokomotiv"da to‘p surgan Dilshod Komilovni "Nasaf"ga o‘tgani xususida ma’lumot berib o‘tgandik. Bugun ushbu xabar rasman tasdiqlandi.
"Yozgi transfer oynasidan samarali foydalanishni maqsad qilgan "Nasaf" jamoasi dastlabki transferni amalga oshirdi.
Mavsumni Toshkentning "Lokomotiv" klubida boshlagan tajribali himoyachi Dilshod Komilov ikkinchi davrani "ajdarlar" bilan boshlaydi.
Futbolchi bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Komilov 2025 yil oxirigacha biz bilan birga bo‘ladi", - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar