12:47 / 28.07.2024
56

UFC 304. Bilol Muhammad Leon Edvardsni mag‘lub etib, chempionga aylandi

UFC 304. Bilol Muhammad Leon Edvardsni mag‘lub etib, chempionga aylandi
Angliyaning Manchester shahrida UFC 304 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy jangi yarim o‘rta vazn toifasi vakillari Leon Edvards (22-4) hamda Bilol Muhammad (24-3) o‘rtasida kechdi.

Muhammad hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va yarim o‘rta vaznda yangi chempionga aylandi.

Turnirning yana bir jangida Tom Aspinall (15-3) Kertis Bleydsni (18-5) birinchi raundda nokautga uchratdi.

UFC 304 turnirining boshqa janglari quyidagicha yakunlandi:
- Peddi Pimblett (22-3) King Grinni (32-16-1) birinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi;
- Gregori Rodrigez (16-5) Kristian Leroy Dankanni (10-3) hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi;
- Arnold Allen (20-3) Giga Chikadze (15-4) ustidan hakamlar qarori evaziga g‘alaba qozondi;
- Muhammad Mokayev (13-0) Manela Kapeni (19-7) ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 304. Bilol Muhammad Leon Edvardsni mag‘lub etib, chempionga aylandi