15:30 / 29.07.2024
139

Parij—2024. Bokschi Ruslanbek Abdullayev birinchi jangini o‘tkazdi

Parij—2024. Bokschi Ruslanbek Abdullayev birinchi jangini o‘tkazdi
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Olimpiada doirasida boks musobaqasining -66 kggacha bo‘lgan bokschilar bahsida o‘zbekistonlik bokschi Ruslanbek Abdullayev meksikalik Martines Ramiresga qarshi ringga ko‘tarildi.

To‘liq davom etgan bahsda O‘zbekiston vakili barcha hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi u 1 avgust kuni yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempioni Ruslan Abdullayev (-63.5 kg) Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun kechgan Italiyada boks bo‘yicha jahon litsenzion turniri doirasidagi jangda serbiyalik Aleksey Sendrikni mag‘lubiyatga uchratib, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylangandi.

Ruslanbek Abdullayev 2002 yil Toshkent viloyati Qibray tumanida dunyoga kelgan. 2023 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Bokschi Ruslanbek Abdullayev birinchi jangini o‘tkazdi