O‘zbekistonlik futbolchilar mamlakatimiz tarixida ilk bor yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Natija muxlislar kutganidek bo‘lmadi. Nafaqat sport ishqibozlari, balki futbolchilarimizning o‘zlari ham musobaqani erta tark etishni kutmagan edi. Ular vatanga medallar bilan qaytishni maqsad qilgandi.
Nima ham derdik, eng muhimi, yana bir yirik musobaqa zabt etildi va endi ishtirok etmaganimiz faqatgina jahon chempionati qoldi.
Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasiga sardorlik qilgan Eldor Shomurodov sportarena.kz saytiga intervyu berib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Olimpiadadan aralash hissiyotlar qoldi. “Park de Prens” stadionida o‘ynao‘ juda yoqimli bo‘ldi. Alamlisi, biz bundan ko‘prog‘iga qodir ejik. Qayerdadir tajriba yetishmadi.
Hechqisi yo‘q, bundan keyin ham ishlashda davom etamiz. Hali Olimpiadalarda yana o‘ynaymiz, deb umid qilaman.
- Hozir futbol qayerda zo‘r – O‘zbekistondami yoki Qozog‘istonda?
- Buni shunchaki ayta olmaymiz. Yaxshisi, muxlislarning o‘zi baho bersin.
- “Zenit”da Nurali Alip o‘ynayapti...
- Himoyachi shekilli, shundaymi? U haqda eshitdim. Yaxshi o‘yinchi.
- Olimpiadada o‘zbek bokschilarining ishtiroki haqida nima deya olasan?
- Biz ulardan har doim g‘alabalar kutib kelamiz. Ular Olimpiya o‘yinlarida ham g‘olib chiqishiga umid qilaman. Bahodir Jalolov birinchi bo‘lib ikki karra olimpiya chempionligini qo‘lga kiritishini istayman.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Parij Olimpiadasining guruh bahslarida Ispaniya va Misr futbolchilariga imkoniyatni boy berdi. So‘nggi uchrashuvda hamyurtlarimiz Dominikan Respublikasi vakillari bilan durang o‘ynadi.
Yosh futbolchilarchilarga yordam berish uchun Olimpiya o‘yinlariga jalb etilgan Eldor Shomurodov uchta uchrashuvda ishtirok etib, terma jamoamizning har ikki goliga hissa qo‘shdi. Dastlab, penaltidan Ispaniya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi, so‘nggi uchrashuvda Alisher Odilovga golli pas uzatdi.
Endi Shomurodov “Roma”ga qaytib yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. Eldor yangi mavsumni qayerda davom ettirishi hozircha ma’lum emas.
29 yoshli forvardimizga “Jenoa”, “Kalyari”, “Parma” va “Venetsiya” qiziqish bildirayotgani haqda ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabridan beri Italiya chempionatida to‘p tepmoqda. “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya”, “Kalyari” jamoalarida faoliyat yuritgan hujumchimiz A Seriyada 102 ta uchrashuvda 15 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.
Shomurodov Italiya kubogida to‘rtta bellashuvda qatnashib, bittadan gol va golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Roma”dagi jamoadoshlari bilan UYEFA Konfederatsiyalar kubogining ilk g‘olibiga aylangan hamyurtimiz “bo‘rilar” tarkibida xalqaro maydonda jami 13 ta uchrashuvda ikkita to‘p kiritgan va bir juft assist rasmiylashtirgan.
Eldorning poytaxt klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar