O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Parij-2024" musobaqasi bilan xayrlashdi. Vakillarimiz "C" guruhida so‘nggi pog‘onani band etdi.
Quyida Temur Kapadzening turnirdan keyin bildirgan fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Avvalo, butun turnir davomida bizni oxirigacha qo‘llab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman. Natijalar uchun esa butun xalqimizdan uzur so‘raymiz. Biz har bir uchrashuvda maydonga g‘alaba uchun chiqdik. Bu orqali barchani xursand qilishni maqsad qilgandik.
- Bizga qayerdadir omad, tajriba va mahorat yetishmadi. O‘yinlarga tayyorlanish jarayonida ham tashqi taraflama, ham ichki taraflama muammolarga duch keldik. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. O‘yindan-o‘yinga tiklanishga ulgurmadik. Taqvim zich edi.
- 3 ta o‘yinda ham hech bir raqiblarimizdan o‘yin bobida qolishmadik. Ammo to‘p darvozaga kirishni istamadi. Ya’ni omad ham bizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi.
- Turnir umumiy olganda bizga katta tajriba maktabi vazifasini bajarib berdi. Biz butun turnir davomida qandaydir hayajon bilan va katta bosim ostida harakat qildik.
- Yoshi katta futbolchilar xizmatidan to‘liq foydalandik. Sababi, biz ularni foydasi tegishiga ishonib, tarkibga jalb etdik. Avvalo uchalasiga ham kelgani uchun rahmat. Ozmi-ko‘pmi baribir hissalarini qo‘sha olishdi. Lekin baribir vaqt masalasi pand berib qo‘ydi.
- Faoliyatimni aynan Superligada davom ettiramanmi yoki yo‘q bu hali aniq emas. Nafaqat mahalliy balki, xorijiy jamoalardan ham chaqiruvlar bor. Takliflar oldin ham bo‘lgan. Lekin u paytda hali oldimizda olimpiadaga chiqish vazifasi turgan edi. Hozir esa futboldan biroz dam olmoqchiman. Sababi, biz 4 yil davomida faqat Olimpiada loyihasi bilan band bo‘ldik. Bu esa ancha-muncha charchoqni keltirib chiqardi. Keyinchalik nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.
- Balki, yana o‘qib o‘rganarman. O‘z ustimda ishlayman albatta. Xorijga borib, malakali mutaxassislar qo‘l ostida tajriba oshirarman. Bular faqat va faqat foyda keltiradi.
- Avvalo hammaga rahmat. Turnir davomida o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqardik. Keyingi musobaqalarga yana astoydil tayyorgarlik ko‘rib, yaxshi ma’noda kuchli bo‘lib qaytamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi