09:31 / 01.08.2024
201

Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan va yarim o‘rta vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Shahram G‘iyosov (16-0, 9 KO) meksikalik Migel Perraga (22-5-1, 14 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘zbekistonlik bokschi jangni ustunlik bilan boshladi, 6-raundga kelibgina Perra vaziyatni tenglashtirdi. Ammo Shahram yana nazoratni o‘z tomoniga og‘dirdi va 7-raundda raqibni deyarli nokdaun holatiga tushirdi, ammo referi beldan pastga zarba berildi deb hisobni ochmadi.

10 raund davom etgan jangda Shahram G‘iyosov ochkolar hisobiga raqibi ustidan g‘alaba qozondi. Yakunda hakamlardan faqat bittasi Migel Perraning g‘alaba qozonganini e’tirof etdi. Qolgan ikki ham Shahram G‘iyosovning ustunligini qayd etdi — 94:95, 95:94, 96:93.

Shu tariqa 31 yoshli bokschimiz professional boksdagi 16-jangini ham o‘z foydasiga hal qildi.

Shahram so‘nggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. Janggacha Shahram G‘iyosovning professional boksda 15 ta g‘alabasi mavjud edi, ular soni 16 taga yetdi.

Avvalroq o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Madrimov—Krouford kardida jang qilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Ushbu jang 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirda ikki o‘zbekistonlik bokschi Amerikada mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Shahram G‘iyosov, Migel Perra, g‘alaba qozondi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi