Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Olimpiadaning pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha aralash juftlikdagi bahslarda turkiyalik Yusuf Dikech va Sevval Ilayda kumush medalni qo‘lga kiritdi. 51 yoshli Yusuf Dikechning 10 metr masofadan hech qanday maxsus ekipirovkalarsiz bahslarda qatnashgani tarmoqlarda shov-shuv ko‘tardi.
Odatda ushbu sport turida sportchilar o‘q otish vaqtida quyosh nurlaridan qochish uchun maxsus ko‘zoynak, shovqinlarni qaytaruvchi quloqchin taqishadi. Ba’zida esa nishonga olish vaqtida tebranishlarni kamaytirish va ulardan qochish uchun qattiq charmdan ishlangan yengi uzun kurtkalardan ham foydalanishadi.
Yusuf Dikech 4 yillikning eng yirik sport musobaqasida shu kabi ekipirovkalarsiz, oddiy kundalik ko‘zoynagi bilan qatnashdi. Uning nishonga olish va o‘q otish uslubi kinolardagi killerlarni eslatib yuboradi. Yusuf bir qo‘lini cho‘ntagiga solgan holda ikkala ko‘zi bilan nishonga qaraydi va shunchaki xotirjamlik bilan o‘q uzadi.
The iconic shooter with one hand in his pocket.
— Massimo (@Rainmaker1973) August 1, 2024
51-year-old Turkish shooter Yusuf Dikec's who won an Olympic silver medal with no specialized lenses, ear protection or any other equipment.pic.twitter.com/fueMcKaMGH
Umuman olganda, Yusuf Dikech o‘ziga xos sportchi. Olimpiadaning boshqa ishtirokchilaridan u harbiy o‘tmishi orqali ajralib turadi. Yusuf turk jandarmeriyasining iste’fodagi kichik ofitseri.
Dikech 2006 yil Norvegiyada harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida to‘pponchadan 25 metrdan o‘q otish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatadi. 2008 yildan Olimpiadalarda qatnashib keladi. U va nihoyat Parij Olimpiadasida o‘zining ilk medalini qo‘lga kiritdi.
Foto: Anadolu Agency
Yusuf o‘zining otish uslubi orqali tarmoqlar yulduziga aylandi. Sport ixlosmandlarining ko‘pchiligi hatto nahotki Turkiya Olimpiadaga professional killerni yuborgan bo‘lsa deb hazil aralash izohlar yozishdi.
Ayrimlar esa uni har xil ashqol-dashqollarsiz sayohatga jo‘naydigan yigit sifatida e’tirof qilgan.
Boshqalar bo‘lsa uni taniqli aktyor Kianu Rivz gavdalantirgan “Jon Uik” filmidagi bosh qahramon Jon Uikka qiyoslagan.
Yana bir tarmoq foydalanuvchisi: “Turk bir ko‘zoynak bilan kelib, Olimpiadaning kumush medalini yutib ketdi”, — deya yozgan.
Dikech o‘zi esa bu haqda shunday deydi: “Menga maxsus jihozlar kerak emasdi. Chunki men tug‘ma otuvchiman”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar