21:08 / 01.08.2024
151

Krouford avval Madrimovni maqtab, keyin katta gapirib qo‘ydi

Krouford avval Madrimovni maqtab, keyin katta gapirib qo‘ydi
Professional boks olami vakillari, boks ishqibozlari 3 avgust kuni amerikalik Terens Krouford va o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘rtasidagi superto‘qnashuvni kutmoqda.

Isroil o‘z faoliyatidagi eng katta jangida shu yilning 8 mart kuni qo‘lga kiritgan WBA jahon chempionligi kamarini yengilmas bokschi Terens Krouforddan himoya qiladi.

Madrimov professional boksdagi jahon chempionligi kamarini rossiyalik Magomed Kurbanov bilan bo‘lgan jangda o‘ziniki qilib olgandi. Tajribali bokschimiz 12 raundga mo‘ljallangan chempionlik jangida ketma-ket 25 ta bahsni o‘z foydasiga hal qilgan Magomed Kurbanovni beshinchi raunddayoq nokaut qilgandi.

Los-Anjelesda bo‘ladigan nufuzli boks kechasida Isroil va Terens to‘qnashuvida WBA World Super Welter kamaridan tashqari yana bir sovrin – WBO yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlik kamari ham o‘ynaladi.

O‘rta vaznning yengilmas chempioni Krouford bahsdan oldin o‘zbek bokschiga katta baho berdi.

- Isroil Madrimov — ajoyib jangchi. Uning hisobida o‘nta g‘alaba bor va u jahon chempioni. Isroil kuchli va xavfli raqib. Hammani zo‘r jang kutyapti.

Madrimov — juda kuchli va ayyor bokschi. U boks tushishni ham, mushtlashishni ham yaxshi biladi. Zarbani ko‘tara oladi. Mana nima uchun bu jang juda zo‘r bo‘ladi.

Men raqib jiddiy shug‘ullanayotganini, murabbiylari uni eng yaxshi darajasiga olib chiqishga harakat qilayotganini bilaman. Madrimov meni o‘zim egallab turgan cho‘qqidan surib yuborish uchun qo‘lidan kelganini qiladi.

Isroil menda bor narsalar – shonu sharaf, e’tirofu ehtirom, reytingdagi peshqadamlikka ega chiqishni istaydi. Bu yigit men turgan jahon boksi cho‘qqisida bo‘lishni xohlayapti. Men Isroilni bu vazndagi eng zo‘r jangchi, deb bilaman.

O‘zimga kelsak, men avvaldan beri shu cho‘qqidaman. Hech qanday yangilik yo‘q. Bunaqa vaziyatlarni qanday hal qilishni yaxshi bilaman. Madrimov tipidagi yigitlar bilan mushtlashishni ham bilaman.

Yaxshisi, jangga keling, men sizlarga nega koinotning eng zo‘r jangchisi ekanimni yana bir bor ko‘rsatib qo‘yaman
, - dedi Terens Krouford.

Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford professional ringda 40 ta jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan. Shulardan 31 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Isroil Madrimov esa, professionallar orasida o‘nta jangda g‘alaba qozongan, yettita nokaut qayd etgan va bir marta durangga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krouford avval Madrimovni maqtab, keyin katta gapirib qo‘ydi