
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Olimpiada doirasida boks musobaqasining +92 kggacha bo‘lgan bokschilar bahsida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi o‘tkazdi.
Chorak finalning birinchi raundida Bahodir 4:1 hisobida ustun keldi. Ikkinchi raundda ham o‘zbekistonlik bokschi foydasiga 3:2 hisobi qayd etildi.
Uchinchi raundda ham faollik ko‘rsatgan Jalolov yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Endi u 7 avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Bahodir bundan oldingi bosqichda norvegiyalik Omar Shihaga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar